“Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki Respublikamizdagi korporativ emitentlar orasida birinçi bölib obligatsiyalarni milliy valutada yopiq obuna usulida xalqaro kapital bozoriga muvaffaqiyatli tarzda çiqariş va joylaştirişga erişdi.
Xususan, joriy yilning 16 aprel kuni Ipoteka-bankning 3 yillik 785 milliard söm (75 million AQŞ dollari ekvivalenti) miqdoridagi yevroobligatsiyalari xalqaro Vena fond birjasida yillik 16% (16,5% effektiv) kupon stavkasi asosida muvaffaqiyatli joylaştirişga erilişildi. Xalqaro obligatsiyalarning milliy valutadagi debyut emissiyasi xalqaro miqyosda tan olingan J.P. Morgan (AQŞ) anderrayting banki va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oşirildi.

Qayd etiş lozimki, bankimiz tomonidan milliy valutadagi xalqaro yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylaştirilişi xalqaro kapital bozoriga qimmatli qoğozlarini çiqarişni rejalaştirgan yurtimizdagi boşqa salohiyatli emitentlarning ham iştiyoqini oşiradi va natijada çet eldan valuta xatarlari kam bölgan milliy valutadagi uzoq muddatli qöşimça resurslar jalb qilinişiga keng yöl oçadi.
Şu örinda, “Ipoteka-bank, suveren darajadagi yuqori kredit reytingiga ega bölgan faol xalqaro emitent sifatida, aniq maqsadni közlagan holda moliya bozorida öz mavqeini mustahkamlaşda, salohiyatli investorlarning geografik bazasini kengaytirişda hamda moliyalaştiriş manbalarini diversifikatsiya qilişda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda uşbu doiradagi eng past foiz stavkada amalga oşirilgan uzoq muddatli bitimning, şubhasiz, bankning şu kabi keyingi emissiyalari uçun oriyentir bölib xizmat qilişi uning öziga xos xususiyatidir. Ipoteka-bank tomonidan yevroobligatsiyalar joylaştirilişi böyiça potensial investorlar bilan olib borilgan muzokaralar samarasida sarmoyadorlar tomonidan berilgan talab taklifga nisbatan sezilarli darajada yuqori böldi”, - deya ta'kidladi Bank Boşqaruv Raisi E. Inomjonov.
Eslatib ötamizki, ilk marotaba, 2020 yilning noyabr oyida, Ipoteka-bankning 300 million AQŞ dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalari xalqaro London fond birjasida röyxatdan ötkazilib muvaffaqiyatli joylaştirilgan edi.
Reklama huquqi asosida












