Mamlakat taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining örni beqiyos. Amaldorlarning korrupsion jinoyatlari, mas'ullarning harakatsizligi qanday mudhiş oqibatlarga olib kelgani, hamma biladigan, ammo qarşi kuraşolmaydigan köplab illatlar aynan matbuot yuzini körgandan keyin foş etilgani, yeçim topganiga dunyo tajribasidan köplab misollar keltiriş mumkin. Şuning uçun ham prezident Şavkat Mirziyoyev jurnalistlarga qarata «Tanqid qilinglar. Bu uçta-törtta qarordan ham köproq ta'sir qiladi», deya ularni faollikka çaqirib keladi.

Özbekistonda kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etiş jarayonida OAVning roli kun sayin oşib bormoqda. Şu bilan birga, soha rivojiga tösiq bölayotgan ayrim masalalar ham borki, ulardan biri ommaviy axborot vositalarini soliqqa tortiş bilan boğliq. Özbekistondagi bir qator internet naşrlari rahbarlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bugungi kunda tahririyatlar zimmasidagi soliq stavkalari miqdori yuqori ekani, buning salbiy oqibatlari va ularning yeçimlari haqida söz yuritişdi.

Lola Islomova, Anhor.uz naşri boş muharriri:

– Tahririyatimiz unçalik katta emas, aylanmamiz ham köp emas. Şuning uçun iş haqidan 12 foiz daromad soliği va 12 foiz yagona ijtimoiy tölov hamda daromadimizdan 4 foiz yagona soliq tölovi tölaymiz. Taxminimça, Özbekistondagi aksariyat tahririyatlar, agar qandaydir istisnolar bölmasa, xuddi şu tarzda işlaşadi. Ançagina tölov yiğilib qoladi.

Yagona soliq tölovi 6 foiz bölgan davrlarni yaxşi eslayman. Individual tadbirkor sifatida röyxatdan ötgan ommaviy axborot vositalari ham bor va ularning soni kam emas. Bu kamroq soliq tölaş va kamroq hisobot topşiriş maqsadidagi majburiy çora bölgan deb öylayman.

Köp sonli xodimlar ştatiga ega, ofis ijarasi va boşqa çiqimlari köp bölgan, kamiga QQS tölovçisi bölgan yirik ommaviy axborot vositalariga hammadan köra qiyinroq. Özbekistonda sivilizatsiyali reklama bozori şakllanmagan. Şu sababli bozordagi reklamalarning umumiy summasi katta emas. Raqamlarni eslay olmayman, biroq bu ma'lumotlar marketologlarda bor.

OAV oyoqqa turişi uçun kamida ikki yil talab etiladi. Şunda ham iş boşlangan vaqtda yaxşi moliyaviy mablağ ajratilgan bölsa. Köpçilik heç qanday moliyaviy investitsiyasiz iş boşlaydi, şu sababli özining moliyaviy holatini önglaş, oyoqqa turiş, özini özi ta'minlay oladigan darajaga yetiş köp vaqt olmoqda. Hamma ham bunday marafonga doş bera olmaydi va uşbu bosqiçda faoliyatini qisqartirişi mumkin. Menimça, şakllaniş bosqiçida barça ommaviy axborot vositalari qöllab-quvvatlaş va soliq imtiyozlariga muhtoj.