Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.

«Özbekistonda keng kölamli özgarişlar şaroitida fuqarolik jamiyatining rivojlanişi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq örtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlaş va jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda OAV roli, söz erkinligini ta'minlaş kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Tadbirda mas'ul şaxslarga davlat budjetidan ajratilgan mablağlar haqida savol berildi. Xususan, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasiga 2020 yilda davlat budjetidan 420 milliard sömdan köproq mablağ ajratilganiga izoh söraldi.

«MTRKga ajratilgan mablağ biz bilan kelişilgan holda bölmaydi. Buni Moliya vazirligi bilan MTRKning özi hal qiladi. Albatta, 400 mlrd söm juda köp mablağ. MTRKga bunça mablağ nega ajratilayotgani menga ham qiziq böldi. Biz jamoatçilik nazorati, oçiqlik haqida gapiryapmiz. Mablağlar nimaga sarflanganini nazorat qilib turiş lozim», - deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi raisi Ilhom Abdullayev bunga izoh berdi. 

«Ma'lumki, ötgan yildan boşlab televideniye körsatuvlarini efirga uzatişda raqamli texnologiyaga ötildi. Televideniyeda ajratilayotgan bu pullarning katta qismi radiosignallarni uzatiş markaziga ötkaziladi. Bu telekanallarning öziga emas, aynan MTRKga raqamli formatda efirga uzatiş uçun», - deydi Ilhom Abdullayev.