Jahon | 19:48 / 19.04.2021
7083
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi

Mamlakatda bugungi kunda britancha shtamm bilan bog‘liq 192ta va janubiy afrikacha shtamm bilan bog‘liq 21ta holat aniqlangan.

Foto: Getty Images

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlanganini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda britancha shtamm bilan bog‘liq 192ta va janubiy afrikacha shtamm bilan bog‘liq 21ta holat aniqlangan.

«Ammo bizda hech bir xorij shtammiga xos bo‘lmagan mutatsiyalar aniqlandi – biz sibircha va shimoli-g‘arbiy variantlar shakllanganini ko‘ryapmiz», - dedi Popova.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 4,7 mln nafardan oshgan, qariyb 106 ming nafar bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid