Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya prezidenti saylovida qatnashish istagini bildirgan dastlabki nomzod nomi e'lon qilindi
Mamlakat oliy sudi dushanbadan prezident saylovida qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlardan hujjat qabul qilishni boshladi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 28 aprelgacha davom etadi.
Suriya parlamenti spikeri Hammuda Sabag‘ 26 mayda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida qatnashish istagini bildirgan dastlabki nomzod nomini ma'lum qildi.
Uning bildirishicha, Suriya oliy konstitutsion sudiga 1956 yilda Halabda tug‘ilgan fuqaro Abdalla Sallum Abdalladan ariza kelib tushgan.
U qonun chiqaruvchilarga o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab murojaat qilgan. Ammo saylovoldi platformasi to‘g‘risida hech qanday ma'lumot keltirilmagan.
Mamlakat oliy sudi dushanbadan prezident saylovida qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlardan hujjat qabul qilishni boshladi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 28 aprelgacha davom etadi.
Suriyada avvalgi saylov 2014 yilda o‘tkazilgan. Prezident saylovida arab sotsialistik tiklanish partiyasi yetakchisi Bashar Asad 88,7 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026