21:45 / 20.04.2021
4108

Yil boshidan beri yo‘l-qurilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'lumot berildi

Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi yil boshidan buyon 1140ta yo‘l-qurilish obektlari va yo‘l-qurilishi materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazgan. Bu tadbirlarda esa 1848ta qoidabuzilish holati aniqlangan. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Temur Temurboyev ma'lum qildi.

«Bu qoidabuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, yo‘llarni saqlovchi va boshqa tashkilotlarning mas'ul xodimlariga 1150ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘l-qurilish obektlarida va yo‘l-qurilishi materiallari ishlab chiqarishda qo‘pol ravishda qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan choralar qo‘llash bo‘yicha 31 ta ma'muriy bayonnoma sud organlariga yuborilgan»,  – dedi u.

Temur Temurboyevga ko‘ra, nazorat qilinishi natijasida 26ta holat bo‘yicha 2 mlrd. 168.77 mln. so‘mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar ham kiritilgan.

«Shuningdek, bugungi kunda 9ta holat bo‘yicha 202.22 mln. so‘m miqdorida sifatsiz bajarilgan ishlar bartaraf etildi, qolgan 17ta holatdagi 1 mlrd. 966,55 mln. so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarning ijrosi davlat inspektorlari nazorati ostiga olingan.

Sun'iy inshootlar holatini o‘rganish bo‘yicha 60ta obektda 134ta qoidabuzilish holatlari aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha 30ta yozma ko‘rsatma berildi», – deya Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top