Jahon | 15:56 / 21.04.2021
25038
2 daqiqa o‘qiladi

«Javob tezkor, qat'iy bo‘ladi, ular afsuslanib qoladi». Putin Rossiya manfaatlari, fitnachilar va Belarus haqida gapirdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 aprel kuni mamlakat Federal majlisiga yillik murojaat yo‘lladi.  

Hisob bo‘yicha 17-murojaatda Rossiya rahbari mamlakat manfaatlari, fitnalar va Belarusdagi voqealar haqida fikr bildirdi.
 
Putinning ma'lum qilishicha, Rossiyaning o‘z manfaatlari bor va ular xalqaro huquq doirasida himoya qilinadi.

"Rossiyaning xalqaro arenadagi siyosati bu - fuqarolarimiz farovonligi, mamlakat barqaror taraqqiyoti uchun tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash. Rossiyaning o‘z manfaatlari bor, albatta, biz ularni himoya qilyapmiz va xalqaro huquq doirasida, xuddi boshqa davlatlar kabi, himoya qilishda davom etamiz”, dedi u.

Shuningdek, Putinning ma'lum qilishicha, Rossiyaga qarshi nodo‘stona aksiyalar to‘xtayotgani yo‘q. “G‘arb tomonidan Rossiyaga nisbatan nodo‘stona harakatlar va aksiyalar to‘xtayotgani yo‘q”, deya ma'lum qildi u.

Putin Rossiya haqida yomon gap gapirishni sportning yangi turi deb atadi. “Ayrim davlatlarda noodatiy holat urfga kirdi - istalgan bahona bilan Rossiya haqida salbiy fikr bildirish. Bu qandaydir sportga aylandi, sportning yangi turiga - kim balandroq ovozda qandaydir bayonot bilan chiqishi”, dedi u.

Rossiya prezidentining ma'lum qilishicha, fitnachilar juda qattiq afsuslanib qoladi. “Rossiya hech kim bilan aloqani uzmoqchi emas, ammo kerak bo‘lsa javob tezkor, qat'iy bo‘ladi, ular afsuslanib qoladi”, dedi u.

Shuningdek, Putin Belarusdagi vaziyatga baho berdi. “Hammasi Belarusda haqiqiy to‘ntarish harakatiga olib borilayotgan edi. Qancha odamlar jabr ko‘rishi haqida hech kim o‘ylamayapti”, deya aytib o‘tdi u.

Bundan oldin, Putin Rossiya endi 4 kun ichida vaksina ishlab chiqishga tayyor turishi lozimligi aytgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid