O‘zbekiston | 11:28 / 21.04.2021
1943
1 daqiqa o‘qiladi

Sariosiyoda ota farzandi uchun 5 ming dollar aliment to‘ladi

Foto: KUN.UZ

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi B.N.dan bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilagan.

Sudning ushbu hujjati Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘lim ish yurtuviga kelib tushgach, ijro harakatlariga kirishilgan.

O‘zaro kelishmovchiliklar sabab oilasi bilan ajrashgan ota qizining moddiy ta'minotiga befarq bo‘lmay, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, B.N. sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan 5 ming dollar aliment pullarini birdaniga to‘lab berdi.

Hujjatlar rasmiylashtirilgach, Byuroning tuman bo‘limi ijro ishini tugatdi. B.N.ga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid