O‘zbekistonga elektromobillar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma'lum bo‘ldi
2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 91ta elektromobil import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85 foizga ko‘proq.
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91ta elektromobil import qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p. Bu haqda Statqo‘m xabar qildi.
Import qilingan 91 ta elektromobildan faqat 6 tasi mart oyiga to‘g‘ri keladi.
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 56ta;
- Turkiya – 24ta;
- Germaniya – 3ta;
- Koreya – 3ta;
- AQSh – 3ta;
- Litva – 1 ta;
- Ispaniya – 1 ta.
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
- 2018 yilda – 13ta;
- 2019 yilda – 39ta;
- 2020 yilda – 131ta.
Ma'lumot uchun, 2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonga elektromobil importi uchun bojxona boji bekor qilingan, o‘sha yil iyul oyiga borib aksiz solig‘i ham olib tashlangan. Ayni paytda chetdan yengil elektromobil olib kirishda 20 yevro bojxona yig‘imi va 15 foizlik QQS to‘lash kifoya.
Mavzuga oid
11:27 / 21.05.2021
O‘zbekistonga aprel oyida 65ta elektromobil olib kelindi
20:51 / 18.05.2021
Elektromobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinmoqda
15:06 / 18.05.2021
Elektromobillarni sotib olish yoki vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin
22:12 / 05.05.2021