O‘zbekiston | 17:32 / 27.03.2021
17532
2 daqiqa o‘qiladi

Elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etiladi

Foto: Reuters

“O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligining elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigateli quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomototransport vositalari (elektromobil) uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Ichki ishlar vazirligi:

  • elektromobillar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari texnik shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etadi;
  • ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yangi joriy etilayotgan tiplarining yangi standart hamda ishlab chiqarish texnologiyasi asosida tayyorlanishini ta'minlaydi;
  • 2021 yil 1 iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta'minlash choralarini ko‘radi;
  • 2021 yil 1 iyunga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonun hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib beriladi. Bunda elektromobil egasi auksion savdolari orqali yutib olgan, oshirilgan to‘lov stavkasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga almashtirib berilishi ta'minlanadi.

Mavzuga oid