Xöş, dunyoda yonilği bilan harakatlanadigan avtomaşinalardan voz keçilayotgan paytda, Özbekiston hukumati qanday çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda?
2019 yil 1 yanvardan Özbekistonga elektromobil importi uçun boj tölovi bekor qilingan, öşa yil iyul oyiga borib aksiz soliği ham olib taşlangan. Ayni paytda çetdan yengil elektromobil olib kirişda 20 yevro bojxona yiğimi va 15 foizlik QQS tölaş kifoya.
2020 yil dekabrida Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalarini yollaş va ijaraga beriş faoliyatini qöllab-quvvatlaş, elektromobillar va mototransportlardan foydalaniş, şuningdek, velosipedda mamlakat böylab harakatlanişni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Qarorda «Özavtosanoat» AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini işlab çiqariş konsepsiyasi işlab çiqiş belgilangan.
Şuningdek, Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillarga möljallangan Davlat budjetini şakllantirişda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avto va mototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda yoki vaqtinçalik olib kirilganda, ularni içki işlar organlarida röyxatdan ötkazişda tölanadigan yiğimlarni bekor qilgan.
Bundan taşqari, prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 13 yanvarida maşinasozlik tarmoğini transformatsiya qiliş masalasidagi yiğilişda 50–60 mingta hamyonbop avtomaşina va elektromobillar işlab çiqarişga investitsiya kiritiş zarurligini ta'kidlagandi.
Endi vaziyatning boşqa tomoniga töxtalib ötsak. Hukumat çiqarayotgan qarorlar yonilği transportidan voz keçişni anglatayotgan bölsa-da, 2021–2023 yillarga möljallangan investitsiya dasturida ma'lum qilinişiça, yaqin kelajakda 7ta kompaniya tomonidan avtomobil işlab çiqarilişi











