Özbekistonga elektromobillar olib kirişga aksiz soliği bekor qilindi. Bu haqda prezidentning “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytiladi.
2019 yilning 1 yanvaridan elektromobillar olib kirişga (TN TIF kodi 870380) bojxona bojining nol stavkasi örnatilgan. Biroq, aksiz soliği böyiça 8703 guruhidagi barça tovarlarga 30 foizlik stavka belgilangandi.
Endilikda, elektromobillarga aksiz soliği stavkasi nol foiz darajasida örnatildi (boşqa avtomobillar uçun stavka avvalgidek qoldi). Şu tariqa, olib kirişda endi faqat QQS tölaşning özi kifoya qiladi.
Bundan oldin, Özbekistonda elektromobil texnologiyalari uçun sinov va sertifikatlaş markazi taşkil etilişi xabar qilingandi.












