1 maydan boşlab Özbekistonga gibrid avtomobillarni olib kirişda kamida Yevro-4 ekologik toifasiga mosligini tasdiqlovçi ekologik sertifikat talab qilinayotgani xabar berilgandi.
Bu holat sönggi kunlarda tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi.
Autodeklarant kanalining yozişiça, 3 maydan boşlab bu talab bekor qilingan.
«Bojxona xodimlari elektromobil sifatida rasmiylaştirilayotgan gibrid avtomobillarga ekologik sertifikat oliş endilikda talab qilinmasligini aytişdi, ya’ni avvalgi holatga qaytdi (avval talab qilinmas edi). Ekologik sertifikatsiz rasmiylaştiriş işlari boşlab yuborilgan», deya yozdi kanal muallifi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonga elektromobillar va gibrid avtomobillar asosan Xitoydan import qilinadi. Uşbu mamlakatda 2018 yildan boşlab işlab çiqarilayotgan barça avtomobillarning Xitoy-5 emissiya standartiga mos bölişi talabi kuçga kirgan. Bu standart talablari Yevro-5 bilan qariyb bir xil. Keyinroq talablar kuçaytirilib, 2021 yildan e’tiboran Xitoy-6a, 2023 yildan esa Xitoy-6b standarti joriy etilgan.
Avvalroq, Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga sörov yuborilganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanişiça, mazkur mavzu muhokamalarga sabab bölgani bejiz emas, çunki Özbekistonga kirib kelayotgan gibrid elektromobillar Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartlariga javob beradigan elektrodvigatellar bilan jihozlangan.
Eslatib ötamiz, ötgan yili 1 noyabrdan e’tiboran yakka tartibda olib kirilgan avtomobillar uçun Piskentdagi laboratoriyada majburiy elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi joriy etilgandi. Keyinroq Leapmotor avtomobillaridan biri bu tekşiruvdan öta olmagani vaji bilan bu brendga mansub barça avtomobillar importi vaqtinça töxtatib qöyilgandi.
Joriy yil 1 maydan esa yangi elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi miqdori 4 barobarga oşirildi.









