Ma'lum bölişiça, 2020 yilda 2,5 mingdan ziyod budjet muassasasida 301 mlrd sömdan ortiq budjet mablağlari talon-toroj qilinganligi, narxlarni sun'iy oşiriş orqali davlat xaridlarini amalga oşiriş holatlari köplab aniqlangan. Korrupsiyaga qöl urgan mansabdor şaxslar 2019 yilda 1 339 nafarni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda 1 723 nafarga yetgan.

“Prezident rahbarligida bölib ötgan xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan videoselektorda eng köp korrupsiya quriliş, tibbiyot, maktabgaça ta'lim sohalarida yuz berayotgani ta'kidlandi.

Tahlillarga köra:

  • quriliş sohasidagi 44 ta qonun hujjati ekspertizadan ötkazilganda, ularning yarmida (23 tasida) 124 ta;
  • soğliqni saqlaş sohasidagi 70 ta qonun hujjatining 19 foizida (13 tasida) 41 ta;
  • ta'lim sohasidagi 96 ta qonun hujjatining 18 foizida (17 tasida) 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan”, dedi Senat raisi.

Mazkur yönalişda prokuratura tizimida qat'iy çoralar köriş yuzasidan aniq takliflarni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşiga kiritiş vazifasi topşirildi.

Şuningdek, joylardagi mutasaddilar tomonidan tadbirkorlar töla qöllab-quvvatlanmayotgani tanqid qilindi. Misol tariqasida 5 200 dan ziyod tadbirkor huquqlari buzilişi, ularning manfaatlariga zid keluvçi 350 dan ziyod noqonuniy hujjat çiqarilişi, 24 mingga yaqin tadbirkorning turli yönalişlardagi (kredit, yer, bino, kommunikatsiya, litsenziya) muammolari faqatgina prokuratura organlarining aralaşuvidan keyin hal qilinişi keltirib ötildi.

Norboyevaning qayd etişiça, qişloq xöjaligida yerdan samarali foydalanişga yetarliça e'tibor qaratilmaganligi oqibatida 10 ming gektardan ziyod yer özboşimçalik bilan egallangan. Qariyb 14 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanilgan.

78 ming gektardan ziyod yer qonunga xilof tarzda ajratilgan. Minglab tonna uruğlik, mineral öğit, neft mahsulotlari va boşqa resurslar noqonuniy egallangan.

2019 yilda irrigatsiya, melioratsiya tadbirlari uçun ajratilgan 1,7 mlrd söm mablağ talon-toroj qilingan bölsa, ötgan yilda bunday talon-torojliklar qariyb ön barobarga oşib, 16 mlrd sömni taşkil etgan.

Mazkur yönalişda 2019 yilda 92 ta jinoyat aniqlangan bölsa, 2020 yilda bu raqam qariyb tört barobarga oşib, 359 tani taşkil etgan.