Jahon | 14:35 / 23.04.2021
10183
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada deyarli har to‘rtinchi migrant o‘zbekistonlik ekani ma'lum qilindi

Moskva qurilish departamenti boshlig‘i Rafik Zagrutdinov o‘tgan yil dekabrida poytaxtdagi qurilishlarga 10 mingga yaqin ishchi yetishmayotganini aytgandi.

Foto: RIA Novosti

Moskvadagi xorij fuqarolari soni 21 foizga kamaydi va 789 ming nafarni tashkil etmoqda, deb ma'lum qildi Moskva IIBB migratsiya boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Sergiyenko.

«O‘tgan yilning shu davrida ularning soni bir million nafardan ortiq edi», - dedi Sergiyenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning aksariyati (qariyb 93 foizi) Rossiyaga viza olish talab qilinmaydigan tartib asosida kelgan.

«Ularning ko‘pchiligini Qirg‘iziston (30 foiz), O‘zbekiston (27 foiz) va Tojikiston (20 foiz) fuqarolari tashkil etadi», - dedi u.

 «Vedomosti»ning qayd etishicha, aprel o‘rtalarida Moskva hukumati migrantlarning kirishiga cheklovni bosqichma-bosqich olib tashlashga chaqirgan.

Moskva qurilish departamenti boshlig‘i Rafik Zagrutdinov o‘tgan yil dekabrda poytaxtdagi qurilishlarga 10 mingga yaqin ishchi yetishmayotganini aytgandi.

Strategik ishlanmalar markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada odatda migrantlarni ishga yollovchi kompaniyalarning qariyb 40 foizi ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid