23 aprel mahalliy vaqt bilan tungi soat 01:16 (Butunjahon koordinatsiyalaşgan vaqt böyiça 22.04.2021 yil soat 20:16)da noma'lum şaxs(lar) Kun.uz saytining mas'ul xodimiga tegişli Telegram akkauntiga buzib kirişga muvaffaq bölişgan.
Buzib kiriş holati bir vaqtning özida 2ta IP manzildan – biri Toşkent (IP-185.139.137.9) va yana biri Stokgolm (IP-45.91.21.10) şahridan amalga oşirilgan.
Ajablanarlisi, bu jarayonda Telegram messenjerining majburiy qoidalariga zid ravişda akkaunt egasi (Kun.uz xodimi)ning telefoniga SMS orqali tasdiqlaş kodi yetib kelmagan.
Noma'lum şaxslar özlari buzib kirgan akkaunt içida mahalliy vaqt bilan soat 03:35gaça (2 soat 19 daqiqa) bölişgan. Xodim buni saharlik vaqtida, Telegram'idagi seanslar soni bittaga köpayib qolganidan söng payqab qolgan va darhol noma'lum foydalanuvçini öçirgan.
Eng qiziği şundan keyin röy bergan. Ortiqça seanslar öçirilişi bilan noma'lum şaxs(lar) akkauntga kiriş uçun faol tarzda bir neça marta urinib körişgan. Bu urinişlar akkaunt egasi ikki bosqiçli autentifikatsiya funksiyasini yoqqanidan söng ham davom etgan, bungaça esa telefonga SMS-kod kelmay turib (!), akkauntga bir neça marta takroran buzib kirilgan.
Keyingi urinişlar asosan Londondagi manzil (IP-185.192.71.49)dan sodir etilgan.
AKT mutaxassislariga ma'lumki, hozirgi rivojlangan axborot asrida IP manzillarni özgartirgan holda bu kabi kiberhujumlarni amalga oşiriş soha bilimdonlari uçun unçalik qiyinçilik tuğdirmaydi.
Kun.uz suhbatlaşgan IT sohasi mutaxassislarining ta'kidlaşiça, «vzlomçilar» bunga noma'lum dastur yordamida öta murakkab yoki aloqa operatorlari vositaçiligidagi öta «oddiy» usullardan birini qöllagan holda erişgan bölişlari mumkin.
Hozirça Kun.uz uşbu hujum oqibatida xodimning şaxsiy va tahririyatning korporativ (içki) ma'lumotlari qay darajada öğirlangani haqida aniq ma'lumotga ega emas.
Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini kiberhujumlardan himoyalaş uçun mas'ul idoralardan uşbu xatti-harakatlarni sodir etgan şaxs(lar)ni aniqlaşda amaliy yordam berişlarini sörab qolamiz.
«404» balosi va öçib öçmagan post. OAVga bosimlar davom etmoqda

















