Daryo.uz sayti boş muharriri Muhrim A'zamxöjayev Daryo – LIVE telegram kanalidan post davlat idorasi aralaşuvi bilan öçirilgani haqidagi ma'lumotni rad etib çiqdi va bu haqdagi xabarni uydirma deb atadi. Lekin 21 aprel kuni soat 14:13da kanalda qöyilgan post köp ötmay öçirilgani Telegram Analytics xotirasida saqlanib qolgan.

Nima sabab bölganda ham vaziyatga baho beriş ularning huquqi. Kun.uz’dagi ma'lumotga köra, bu post kanaldan öçişiga taşqaridan kelgan qönğiroq sabab bölgan.
Komil Allamjonovning ommaviy axborot vositalariga turli idoralardan böladigan bosimlar haqidagi munosabati böyiça xabar hozirga kelib saytning asosiy kanaliga qöyildi, Daryo – LIVE kanaliga ham qaytadan joylaştirildi. E'tiborli jihati, bu işlar Kun.uz’da çiqqan post ortidan, 15 daqiqa içida amalga oşirildi.
Yuqoridagi voqeadan qat'i nazar, haqiqat şuki, Özbekistondagi saytlardan noqulay xabarlarni öçirtiriş an'anaga aylangan va Kun.uz bu amaliyotdan eng köp jabr köruvçi saytdir. Davlat xavfsizlik xizmatining Kun.uz faoliyatiga arzimas masalalar böyiça ham asossiz aralaşaverişi keça yoki bugun bölib qolgan hodisa emas.
Yillar davomida deyarli haftada bir marta bölsa ham qaysidir material böyiça e'tirozlar bildirilib, özgartiriş yoki butunlay olib taşlaş haqida körsatmalar bölib keladi.
Sönggi bir oyda ham bu holat bir neça bor kuzatildi. Davlat rahbari bir neça marta taqiqlagan bölişiga qaramay yakşanba – dam oliş kuni Toşkent viloyati hokimligi katta yiğiliş ötkazgani haqidagi xabarni Kun.uz’ga yetkazgan manbani oşkor qiliş, Diniy qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayev haqidagi maqolani yoki Toşkent şahridagi xususiy mulkdorlarga tegişli taşqi reklama konstruksiyalari asossiz buzib taşlanayotgani haqidagi
















