Roskomnadzor (RKN) Rossiyada — ayniqsa, mamlakatning janubiy hududlarida — platformalar işidagi uzilişlar fonida WhatsApp va Telegram messenjerlarining işi «qisman çeklanayotgani»ni ma’lum qildi. «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar materiallari asosida jinoyatçilarga qarşi kuraşiş uçun xorijiy messenjerlar işini qisman çeklaş çoralari körilmoqda», — dedi nazorat idorasi vakillari çorşanba, 22 oktyabr kuni.
Idoraning ta’kidlaşiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotlari va «fuqarolarning köplab murojaatlari»ga köra, Telegram va WhatsApp rossiyaliklarni «aldaş va pul undiriş, diversiya va terroristik faoliyatga jalb etiş» uçun qöllanayotgan «asosiy servislar»ga aylangan. «Messenjer egalariga qarşi çoralar köriş yuzasidan bir neça bor yuborilgan talablar inobatga olinmagan», — deb qöşimça qildi RKN.
Rossiyada xorijiy messenjerlar işidagi muammolar 20 oktyabrdan qayd etila boşladi. «Kommersant» ta’kidlaşiça, şu kuni Rossiya platformalari — Max va «VK Qönğiroqlar»da ham uzilişlar kuzatilgan.
21 oktyabr kuni Telegram va WhatsApp işidagi uzilişlar mamlakat janubida ikki marta qayd etildi — xususan Krasnodar va Stavropol ölkalari, Adigeya, Rostov va Astraxan viloyatlarida. 22 oktyabrda ham ayrim hududlarda messenjerlar vaqt-vaqt bilan yomon işladi — bundan «Sboy.rf» va detector404.ru portallari ma’lumotlari dalolat beradi. Jumladan Novosibirsk, Tomsk, Irkutsk viloyatlari, Krasnoyarsk ölkasi, bundan taşqari, Vladivostok, Buryatiya, Yakutiya va Kamçatka aholisi ham muammolar haqida şikoyat qildi.
13 avgust kuni RKN uşbu messenjerlarda «qönğiroqlarni qisman çeklaş» haqida xabar bergan edi. Öşanda idora «huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotlari va fuqarolarning köplab murojaatlari»ga tayanib, Telegram va WhatsApp rossiyalik fuqarolar uçun tahdidlar yaratiş maqsadida işlatilayotganini bildirgan. Bundan bir neça kun oldin ham RF foydalanuvçilari uzilişlardan şikoyat qilgandi.
OAV ma’lumotlariga köra, xorijiy messenjerlardagi qönğiroqlarni bloklaş sörovi Rossiyadagi aloqa operatorlarining «katta törtligi» (Ms, «Megafon», «Bilayn» va Tele2) tomonidan ilgari surilgan. Operatorlardan biriga köra, bu qadam, göyoki, messenjerlarni umuman bloklaş ehtimolini bartaraf etişi mumkin, «çunki huquq-tartibot idoralarining asosiy e’tirozlari yöqqa çiqadi». Yana bir pozitsiya şundan iborat ediki, qönğiroqlarni bloklaş kiberfiribgarlik muammosini hal qilişga yordam beradi.












