Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroqda Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi harbiy operatsiya boshladi
Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan.
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, operatsiya Iroqning Metin aholi punkti hududida o‘tkazilmoqda. Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan.
Avvalroq Milliyet gazetasi mamlakat harbiy samolyotlari partiyaning Metin, Zap, Avashin-Basyan va Qandildagi obektlariga zarba berganini ma'lum qilgandi.
Turkiya Iroqdagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi ilgari ham bir necha marta operatsiyalar o‘tkazgan. Mamlakat parlamenti qurolli kuchlarning respublika chegarasidan tashqarida harakatlanishiga berilgan mandatni muntazam ravishda yangilab boradi.
Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi terrorchi tashkilot deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026