Jamiyat | 09:05 / 25.04.2021
4353
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 550 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 aprel kuni respublika hududlari bo‘ylab jami 15 778 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlangani haqida xabar berdi. 

Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga yetdi.

24 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (3161 nafar),
  • Samarqand viloyati (2554 nafar),
  • Namangan viloyati (2235 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 73 479 nafar, 
  • Namangan viloyatida 58 995 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 54 054 nafar,
  • Andijon viloyatida 52 435 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlarda boshlandi. May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi.

Vaksina 65 yoshdan oshgan fuqarolarga va COVID-19'ni yuqtirish xavfi bo‘lgan tibbiyot xodimlariga bepul berilmoqda. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlamini ham emlashni boshlash rejalashtirilgan.

Ayni paytda o‘zbekistonliklar AstraZeneca va Xitoy va O‘zbekiston hamkorligidagi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. 

23 aprel kuni mamlakatga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

Yil oxirigacha 7 million kishini emlash rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid