Ta'kidlanişiça, fevral oyi örtalarida Özbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan «Sputnik V» vaksinasidan respublikada ommaviy foydalaniş uçun sertifikatladi va tasdiqladi. Uşbu vaksinani sertifikatlaş jarayoni işlab çiquvçilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uçinçi bosqiçi natijalarini olgandan keyingina boşlandi.

«Özbekistonga aholini emlaş uçun olib kelinadigan «Sputnik V» vaksinasining yarmini vatandoşimiz tadbirkor Alişer Usmonov moliyalaştirdi», deyiladi ma'lumotda.

Eslatib ötamiz, mamlakatda aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaroni COVID-19’ga qarşi emlaş rejalaştirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu körsatkiç 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigaça ösişi mumkin.


Bugungi kunda mamlakatda özbek-xitoy va AstraZeneca vaksinalarining qöşimça dozalarini olib keliş böyiça işlar olib borilmoqda.













