COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini Özbekistonga olib keliş rejalaştirilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev ma'lum qilgan. 

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda. 

Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

  • Eslatib ötamiz, 17 mart kuni Toşkentga Covid-19’ga qarşi AstraZeneca (CoviShield ) vaksinasining birinçi partiyasi - 660 ming doza olib kelingandi. 27 mart kuni Xitoydan yana bir partiya – 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi.
  • Özbekistonda aholini ommaviy emlaş jarayoni 2021 yilning aprel oyidan boşlanişi e'lon qilingan. Birinçi galda katta şaharlarda, keyinroq tumanlardagi aholini emlaş işlarini olib boriş rejalaştirilgan.
  • Emlaş jarayonida AstraZeneca hamda ZF-UZ-VAC2001 vaksinalarining har ikkalasidan ham foydalaniladi. Aprel oyida birinçi galda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toşkent şahri va boşqa katta şaharlarda aholini emlaş işlari boşlanadi. May oyida tumanlar va kiçik şaharlar aholisi emlanadi. Qolgan aholi qatlamini emlaş esa iyun oyida amalga oşiriladi.