O‘zbekiston | 11:33 / 26.04.2021
2605
1 daqiqa o‘qiladi

3-sinf kichkintoylari ochgan mo‘jaz kutubxonaga sayohat

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 27-maktabning 3-sinf o‘quvchilari kichik kutubxona tashkil etishdi. 

3-sinf o‘quvchilari Gulhayo Hamidullayeva hamda Madina Yo‘ldoshaliyeva ustozlari bilan birga shahardagi katta kutubxonaga sayohat qilishadi. Sayohatdan so‘ng o‘zlari kutubxona ochish rejasi paydo bo‘ladi. 

 

Kutubxona ochish maqsadidagi kichkintoylar sinfdoshlarining uyiga kitoblar yig‘a boshlashadi. 

Boshlanishida 34-35ta kitob bilan boshlangan kutubxonada bugun 60dan ortiq kitob mavjud. 

Kichkintoylar ochgan kutubxonaning o‘ziga xosligi, katta kutubxonalardagi kabi kitobxonlarga maxsus kartalar ochiladi va olgan sanasi va topshiradigan sanasi yozib boriladi. 

Bolajonlarning aytishicha, kitoblar sonini 100tadan orttirib, kutubxonani kengaytirishmoqchi. 

Bolajonlarning kutubxonasi kengayishida hissa qo‘shuvchilar topiladi degan umiddamiz.

Mavzuga oid