Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri: ishsizlik masalasini hal qilish nuqtayi nazaridan yerlarni kengroq qatlamlarga bo‘lib berish kerak
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi munosabatlarni liberallashtirish borasida fikr bildirdi.
Vazir iqtisodiyotning, davlat boshqaruvining juda katta resurslari aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilishini qayd etib o‘tgan.
«Bu soha boshqa barcha sohalar rivojlanishi, respublikadagi qonun ustuvorligini ta'minlashga, shu munosabat bilan investitsiyaviy jozibadorlikka katta ta'sir qiladi. O‘zbekiston yerlarining adolatli taqsimlanishi nafaqat iqtisodiy masala, balki juda katta ijtimoiy-siyosiy masala», dedi vazir.
U O‘zbekiston aholisi o‘sib borayotgani va yaqin kelajakda eng katta ish joyi yer resurslari orqali yaratilishini ta'kidlab o‘tgan.
«Aholimiz yildan yilga oshib bormoqda (1 yilda 1,8 foiz), yaqin kelajakda eng katta ish joyi yarata oladigan va yillar davomida ko‘nikmaga ega bo‘lgan xalqimiz uchun daromad manbayi – yer resurslari bo‘lib qoladi.
Shu bilan birga, agrar sektorni rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning xo‘jalik faoliyatiga ma'muriy aralashuvni to‘liq bekor qilish, yerga bo‘lgan huquqlar barqarorligini ta'minlash, yer taqsimlashda aholining ishsizlik masalasini hal qilish nuqtayi nazaridan kengroq qatlamlarga bo‘lib berish, narxlarni shakllantirishda va moliya mablag‘lari harakatida bozor mexanizmlarini joriy etish, yerlarning aylanmasi mexanizmlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish zarur», deya Ruslanbek Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026