Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun respublikaga issiq havo massalari kirib kelishi davom etadi
Bugun kunduz kuni respublika hududiga iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, buning hisobiga ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduz kungi harorat 27-30 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 30-35 daraja issiqqacha yetadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 27-29 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
15:05 / 30.06.2026
Jazirama ortidan salqinlik?
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026