Jahon | 19:56 / 26.04.2021
2882
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda aholini mahalliy vaksina bilan ommaviy emlash boshlanadi

Vaksinaning 50 ming dozadan iborat birinchi partiyasi mamlakat regionlariga yetkazilgan.

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi mahalliy QazVac vaksinasi bilan emlash boshlanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

 Vaksinaning 50 ming dozadan iborat birinchi partiyasi mamlakat regionlariga yetkazilgan.

 QazVac preparati biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

 Qayd etilishicha, emlanganlarda nojo‘ya ta'sir kuzatiladigan bo‘lsa, preparatning vaqtinchalik ro‘yxatga olinishi to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Qozog‘istonda, shuningdek, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash amalga oshirilmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolar qaysi vaksina bilan emlanishni o‘zlari tanlashlari mumkinligini bildirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid