Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent mexanika zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent mexanika zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Bugun, 26 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan.
Oqibatda, 60 kvadrat metr maydonga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.
Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘qligi aytiladi.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
09:35
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026