Yevropaning qator davlatlarida huquq institutlari, çerkov, ya'ni din huquqlari asosida şakllana boşlagan. Keyinçalik bu jarayonda qator demokratik islohotlar natijasida inson huquqlari – adolat huquqiga ötildi hamda unga sodiq qolindi. Fransiyada esa bir qança vaqt fuqaro huquqiga ustuvorlik berildi-yu, lekin oqibat buning xatoligi sabab... tezda inson huquqlariga qaytildi.
Xullas, Yevropa va okeanorti diyorlarida, yillar davomida «adolat huquqi – inson huquqi» şakllanib bordi. Qonunçilik ham şu asosda qurildi, hukumat ham şu tamoyil asosida işladi, odil sudlov ham şu tarzda faoliyat yuritdi va xalq işonçiga erişdi. Sababki, adolat (inson) huquqlari odil sudlovda ta'minlanadi.
Bizda esa bir neça 10 yillar davomida «fuqaro huquqi»ga ustuvorlik berildi, adolat huquqidan uzoqlaşdik, din va diyonatni huquqdan yiroqlaştirdik. Faxriy fuqaro bölişga oşiqdik, grajdanlik huquqi deb balandparvoz gaplarga işonib yurdik, öz e'tiqodimiz, dinimiz, an'ana-odatimiz, qadriyatlarimizni xavf ostiga qöydik. Öz tilimiz hurmatini orttirişni şaraf biliş örniga, boşqa tilda gapirişni özimizga obro‘ bildik, ona tilini emas, «öşa» tilni bilmaganlarga past nazar bilan qaradik, yaqin-yaqingaça şu tilni bilganlarni davlat idoralarida işga olişga ham imtiyozlar berib keldik, ularga boşqa tilda işlaş ustuvorlik berdi.
Nima uçun?! Çunki fuqaro huquqiga mukkasidan ketdik, inson huquqini çetga surdik, adolat huquqi haqida gapirişga ham qörqdik...
1989 yilda qabul qilingan «Til töğrisida»gi qonunni bizning özimiz har kun, har daqiqa, har soniya buzdik, buzmoqdamiz, tepkiladik. Biz bu borada Navoiy işonçini oqlamadik, hatto özga tilning butun boşli grammatikasini yaratgan buyuk ajdodimiz Zamaxşariyga munosib böla bilmadik.
Istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan «Vijdon erkinligi töğrisida»gi qonunga esa amal qilmadik. Diniy bağrikenglik deya balandparvoz şiorlarni aytdik, lekin qora röyxatni şakllantirdik, e'tiqod qilgan kişiga ola qaraş qildik, özimizdan özimiz duşman yasadik. Buxoriy, Termiziylar, Moturidiy, Naqşband, Nasafiylar kabi buyuk ajdodlarimizga munosib böla olmadik.
Söz-fikr erkinligi ta'minlanmoqda, senzura bizda yöq dedik, ammo amalda aksi böldi. Behbudiy, Qodiriy, Fitratdan oğiz köpirtirib köp gapirdik, lekin ularning munosib vorisi böla oldikmi?..
Majburiy mehnatga yopişib oldik, yoşlar – öquvçilar, talabalar hamda öqituvçi, domla, tibbiyot sohasi xodim va xodimalari majburiy mehnatning asosiy sub'yekti böldi. Paxta «umummilliy harakat»ga aylandi.
Yurtimizda inson huquqlari – adolat huquqi ustuvor, insonning yaşaş, köçib yuriş huquqi – ular qadriyatimizga aylangan dedik, biroq öz yurtdoşlarimizga, öz yurtimizning ayrim hududlarida röyxatga ötişga çeklov örnatdik.
Nega? Çunki sobiq tizimdan meros bölib ötgan fuqaro huquqi bizning ongimizga singib qolgan. Davlat va fuqaro (grajdan) huquqiga örganib qolganmiz.
Illo, barçamiz yaxşi bilgan va ming yil ilgari bitilgan «Avesto»ning asosida barça salbiy illatlarga qarşi kuraş jamiyatda adolat qaror topişiga qaratilgan ezgu amallardan biri, xususan: «Haq sözdan özga heç narsa töğrisida öylama, haq sözdan özga heç narsa töğrisida suhbatlaşma, haqqoniy amaldan özga heç narsa bilan şuğullanma», – deb qayd etilgani, ya'ni adolatdan yiroqlaşma, adolat huquqiga sobit böl, degan qadriyat bizni befarq qoldirdi.
Zero, insoniyat yaralgandan beri har qaysi makon va zamonda yoki jabhada adolatga qarab talpingan, unga suyangan hamda adolat ta'minlanadigan makonga intilgan. Negaki, adolat ham ma'naviy, ham ijtimoiy va eng avvalo tabiiy ehtiyojdir. Dastlab jamiyatda urf bölgan an'ana va odob-axloq qoidalari asosida mezonlanadigan adolat har qaçon ham jamiyatni öz ortidan ergaştirgan.
Ana şundan adolat huquqi bunyod bölgan. Biz esa buni yillar davomida fuqaro huquqiga aylantirmoqçi böldik. Fuqaro huquq va erkinliklari ta'minlanadi, sudlarimiz eng gumanitar sud degan çaqiriqlar bilan yaşadik.
Heç kimga sir emas, har qanday xuşomaddan xoli ravişda obektiv baho beraylik, prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida söz va fikr yuritiş hamda e'tiqod erkinligi huquqini ta'minlaş yölida sezilarli işlar boşlandi.
Endi bizdan talab etiladigani uşbu – söz erkinligini amalga oşiriş jarayonida, bir tamoyilga tayanib iş köriş, ya'ni «Öz huquqlaringni amalga oşiriş çoğida özgalar huquq va manfaatiga ta'sir etma, öz huquqingni amalga oşirişing özgalar huquqini buzmasligi kerak», – degan prinsipga oğişmay amal qilişdir. Demak, bu «adolat huquqi» deyiladi.
Diniy e'tiqod, diniy bağrikenglik masalasida 2016 yildan boşlab ilk bor taqiqlangan guruhlar a'zolari afv etila boşlandi, 24 mingdan ortiq yurtdoşlarimiz qora röyxatdan çiqarildi, amalda «qora röyxat» degan tuşunça yöq qilindi.
Prezident Mirziyoyev BMTda «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» rezolyutsiyasi hamda «Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiyasi»ni qabul qiliş taşabbusi – «vijdon erkinligi huquqi», «diniy bağrikenglik» degan tuşunçalarni röyobga çiqardi.
«Qur'on tilovati» musobaqalarini ötkaziş, masjidlarda baralla azon aytiş, xohlagan har bir şaxs jamoatga borib namoz öqişi va hokazo mumkin. Bu – «adolat huquqi»ni anglatadi.
Bizning vazifamiz esa bu jarayonda özimizdan avliyoyi zamon yasab olmasdan, ya'ni fundamental ğoyalarga berilib ketmasdan, radikallaşmasdan, sof e'tiqodlarimizga sobit bölişdir.
Bolalarning majburiy mehnatiga amalda çek qöyildi, öqituvçi va soğliqni saqlaş xodimlari, talabalar hamda boşqa davlat taşkilotlari xodimlarining beminnat xizmatlaridan foydalaniş amaliyoti deyarli tugatildi. Demak, davlat fuqarolariga huquq va majburiyat qilib yuklagan «fuqaro huquqi» «adolat huquqi – inson huquqi»ga qarab tortildi.
Bu borada galdagi iş esa joylarda rahbarlarning «adolat huquqi» tomon qarab özgarişidir.
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulkni olişda Özbekiston fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiska... isloh etildi. Bu borada Konstitutsiyada amalda bölgan inson huquqi amalga kiritildi. Demak, bu ham fuqaro huquqi emas, «adolat huquqi» deyiladi.
Yaxşi qöşniçilik – yaqin qöşniçilik. Markaziy Osiyoda «yangi bahor» siyosati örnatildi...
2018 yilning oktyabr oyining bir kunida Sariosiyo tumanidan Termiz şahriga aeroportga qarab, «Neksiya»da yölga çiqdik (bu haqda avval ham yozgandim). Avtomobilning orqa örindiğida, 70 yoşlardagi çol-kampir. Ular Tojikiston fuqarolari bölib, 2000 yildan beri Surxondaryoga çegara bosib öta olmagan, mana şu kun esa Termiz şahrida yaşayotgan qizining uyiga 18 yil deganda, yana – nevarasining töyiga borayotgan ekan.
«Nevaramni 2 yoşida körgandim, bugun u 20 yoşga tölgan, özim Samarqandda öqiganman», deb gap berib ketişdi. Xullas, öşa yölovçilar, töy bölayotgan qizning bobosi va momosi hamda ammasi Termizning Namuna degan joyida qolişdi. Öşa otaxonning yöl-yölakay aytgan bir gapi menga juda ta'sir qildi. «Men şu Termizda yaşaydigan qizimni körmay ölib ketamanmi deb öylagandim, Xudoga şukr, bugun nevaramning töyiga boryapman...» Bu ham fuqaro huquqi emas, «adolat-inson huquqi» deyiladi.
Bu misolda ham bizning oldimizda birgina masala – oçiqlik siyosati Özbekistonga faqat va faqat manfaatli bölişini anglab yetiş, xolos.
Aytmoqçi bölganim esa «adolat huquqi»ni ta'minlaş yölida sobit xizmatlari uçun har bir rahbar e'tirofga sazovor bölişi şubhasiz.
Albatta, ğarbda «adolat huquqi» ança-munça yillardan beri amalda, ular bunga könikib ham ketişgan. Markaziy Osiyoda esa bu huquq fuqaro huquqi bilan şunçalik çalkaşib ketganki, fuqaro huquqidan adolat huquqini ajratib oliş ança muşkul masala.
Şu ma'noda, Özbekistonda birgina söz-fikr yuritiş, vijdon erkinligi kafolatlarini ta'minlaş, majburiy mehnatga barham beriş, dunyoga oçiq Özbekiston siyosatini yuritiş kabi «adolat huquqi – inson huquqi» borasidagi islohotlari bilan Markaziy Osiyo siyosiy liderligiga munosibdir.
Nuriddin Murodov,
FIB Toşkent şahar Uçtepa tumanlararo sudi sudyasi












