Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Misrga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning bir nechta viloyatlaridan Misrga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Kun.uz’ga Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
26 aprel kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Faxmi o‘rtasidagi uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Sharm-al-Shayxga qatnovlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yish, Misrning «Air Cairo» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Qohira va Toshkent – Xurgada yo‘nalishida reyslar sonini ko‘paytirish, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridan Qohiraga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarga ko‘ra, yaqin vaqt oralig‘ida ikki davlat aviatsiya sohasi ma'muriyati hamda tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari uchrashib yo‘lga qo‘yiladigan qatnovlar yuzasidan kelishib olishlari belgilandi.
Bundan oldin, «Turkish Airlines» Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
18:11 / 12.06.2026