"Turkish Airlines" Istanbuldan Urganç va Farğonaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, Transport vazirligi huzuridagi "Özaviatsiya" agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiyaning "Turkish Airlines" aviakompaniyasiga Istanbul – Urganç – Istanbul va Istanbul – Farğona – Istanbul yönalişlarida Özbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma berildi.
"Turkish Airlines" aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentyabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bölib, Istanbul – Toşkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yönalişlari böyiça muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiradi.
Avvalroq, “Turkish Airlines” Turkiyaning yirik şaharlaridan Farğonaga töğridan töğri reyslar yölga qöymoqçi ekani xabar qilingandi.

















