Korxona asosçisi, 31 yoşli tadbirkor Bekzod Örinov faoliyatini qanday yölga qöygani haqida sözlab berdi. 

«Maktabni tamomlab, 2009 yilda Toşkent farmatsevtika institutiga öqişga kirdim. Talabalik davrimda farmatsevtika sohasiga oid bölgani sababli, qizilmiya ildizini qayta işlaş zavodida mehnat qildim. 2014 yilda institutni tamomlagaç, Xorazmga qaytib keldim. Şunda qizilmiya ildizini zavodlarga yetkazib beriş ğoyasi paydo böldi. 2014 yilda «Boğot master» oilaviy korxonasini oçdim». 

Qizilmiya – köp yillik dorivor ösimlik bölib, Örta Osiyoda, jumladan Xorazmda ham yovvoyi holda keng tarqalgan. 

«Qizilmiya köp yillik ösimlik hisoblanadi va Örta Osiyoda keng tarqalgan. U yovvoyi holda ösadi. Korxonamiz fermer xöjaliklari bilan şartnoma imzolagan. Biz fermerlarning yerlarini yovvoyi, begona ötlardan tozalab beramiz. Jumladan, qizilmiyaning ildizini ham terib olamiz. 

Qizilmiya ildizi asosan tibbiyotda, oziq-ovqat sanoati va parfyumeriya sohasida işlatiladi. Uning tarkibida glitsirrizin kislotasi bölib, glyukoza, saxaroza va qanddan 50 barobar kuçli şira hisoblanadi. Bu kislota jigar kasalliklariga qarşi, immunitet kötaruvçi va balğam qoçiruvçi dori-darmon olişda işlatiladi». 

Korxonada qizilmiya qöl mehnati yordamida bir neça bosqiçlardan ötadi. 

«Qizilmiya ildizi qöl mehnati yordamida bir neça bosqiçlardan ötadi: navlarga ajratiladi, yuviladi, quritiladi. Söngra 5-8 sm kattalikda kesiladi, qadoqlanadi. 

Oilaviy korxonamizda 30 işçi mehnat qiladi. Ular uçun barça şaroitlar yaratilgan. Kuniga 1 mahal issiq ovqat bilan ta'minlaymiz. Iş haqi işbay usulda tölanadi. Işçilar qilgan mehnatiga yaraşa 1 – 1,5 mln söm maoş olişadi». 

Korxona 3 yil davomida Özbekistondagi farmatsevtika zavodlariga qizilmiya ildizini yetkazib bergan. Söngra xalqaro bozorga çiqqan. 

«2017 yildan boşlab, qizilmiya ildizini eksport qilişni boşladik. Dastlab Myanma davlatiga 4 konteyner mahsulotni jönatdik. 2018 yildan boşlab, Germaniya bilan hamkorlik qilmoqdamiz».