20:00 / 29.04.2021
9841

«Ipak Yo‘li» AITB va VISA'ning «Avtomobil yutish oson» aksiyasi doirasida avtomobil sovg‘a qilindi

O‘tgan shanba kuni «Ipak Yo‘li» AITB va VISA xalqaro kompaniyasi bank bosh ofisida 2020 yilning sentyabrida boshlangan «Avtomobil yutish oson» aksiyasini yorqin hamda esda qolarli tarzda yakunladi. Aksiya super yutug‘i – Hyundai Elantra Active avtomobili toshkentlik tadbirkor, bankning ko‘p yillik mijozi Shirin Vohidovaga nasib etdi.

Yutuqli aksiyada qatnashish shartlari juda oddiy, tushunarli va oson bajariladigan edi. Aksiyada O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijlik rezidentlar qatnashishi mumkin edi. Asosiy shart: ular «Ipak Yo‘li» AITBning istalgan bo‘limida chiqarilgan Visa: Visa Virtual, Visa Start, Visa Exchange, Visa Platinum Light, Visa Platinum Black va Visa Infinite xalqaro to‘lov tizimi kartalari sohibi bo‘lishlari kerak edi.

Qimmatli sovg‘alar o‘yinida qatnashish uchun xaridlarni amalga oshirish va ular uchun VISA kartasi hamda internet orqali (faqat terminallardagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi xaridlar) 10$dan boshlangan miqdorda mablag‘ to‘lash talab etildi. Bunday ishtirokchilardan so‘nggi bosqichda butun mamlakatdan 8 mingdan ortiq odam yig‘ildi.

Yetti oy davomida foydali va zamonaviy gadjet va devayslar: simsiz quloqchinlar, ko‘p funksiyali smart soatlar, portativ karnaylar, Powerbank'lar, fitnes-brasletlar, quloqchinlar va smartfonlar o‘ynaldi.

Yetti oy davomida jami 94ta sovg‘a egalariga yetkazildi.

Super sovrin o‘yinida qatnashish shartlari biroz murakkab bo‘lsa-da, bajarish ko‘pchilikning imkoniyati darajasida edi: 2020 yilning 1 sentyabridan 2021 yilning 31 martigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida VISA kartasidan 100 AQSh dollaridan boshlanadigan mablag‘ni sarflash talab etildi.

Sovg‘alar bilan bog‘liq holatdagi kabi faqat terminallar (shu jumladan, O‘zbekistondagi) hamda internet orqali xaridlar hisobga olindi.

Baxtiyor Murodjonovich Alimov, «Ipak Yo‘li» AITB Chakana tadbirkorlik departamenti boshlig‘i:

– Eng birinchi yutuqli o‘yindanoq biz aksiyani imkon darajasida ochiq va shaffof o‘tkazdik. Chunki «Avtomobil yutish oson» aksiyasi «Ipak Yo‘li» AITB tomonidan Visa xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda mijozlar sadoqatini oshirish, ishlab chiqariladigan kartalar va ular orqali amalga oshiriladigan pul aylanmalari hajmini ko‘paytirish maqsadida tashkil etildi. Ishonch bo‘lmasa, sadoqat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun har oylik qimmatli sovg‘alar o‘yinlari bankning Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali onlayn translatsiyalar shaklida o‘tkazildi. Aksiyada qatnashayotganini har bir mijoz bank veb-sayti orqali oddiygina usulda – kartadagi oxirgi to‘rtta raqam va FIShni kiritish orqali tekshirishi mumkin edi. Aksiya g‘oliblari ro‘yxati har oy www.ipakyulibank.uz sayti «Yangiliklar» bo‘limida e'lon qilib borildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri efirlar yozuvlari Instagram sahifasidagi «Aktual storiz»da saqlangan.

Final o‘yinining o‘tkazilishi haqida ham oldindan bank rasmiy sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilindi. VISA kartasi sohibi bo‘lgan har bir bank mijozi o‘zining aksiyada qatnashayotganini tekshirib ko‘rishi mumkin edi. Bundan tashqari, yutuqli o‘yinga biz jurnalistlar, blogerlarni taklif etdik va ular o‘yinning shaffof o‘tkazilishini nazorat qilib, o‘z obunachilapri uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlar olib borishdi.

So‘nggi, yettinchi mart oyi uchun qimmatli sovg‘alar yutuqli o‘yini, shuningdek, butun muddat davomidagi “Avtomobil yutish oson” aksiyasi ishtirokchilari orasidan asosiy mukofot g‘olibni aniqlash jarayoni yorqin, shov-shuvli, ko‘tarinki va ahil kayfiyatda o‘tdi. Hyundai Elantra Active avtomobilining bo‘lajak omadli sohibini 14402 nomzod orasidan random.org sayti yordamida bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda aniqlashdi.

Shirin Vohidova, tadbirkor:

– Mening ikkita do‘konim bor: biri «Shirinliklar», ikkinchisi «Sarpa sandiq». Faoliyatim yuzasidan men vaqti-vaqti bilan 100 dollar va undan ko‘proq miqdordagi to‘lovlarni amalga oshiraman, boisi o‘zim ham instagramda targeting bilan shug‘ullanaman. Tanlovda qatnashayotganimni bilmasdim, hatto xayolimga ham keltirmagan edim. Chunki men barcha tanlovlar bu – tugamaydigan boshog‘riq, qayergadir borish, nimalarnidir to‘ldirish kerak deb o‘ylardim. Har doim qanday tanlov bo‘lmasin, unga e'tibor bermasdim. Bugun menga qo‘ng‘iroq qilib, «darhol Telegram’da javob bering, siz g‘olib bo‘ldingiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqishingiz kerak, sizni kutishyapti, qo‘ng‘iroq qilishyapti!» deyishganda juda hayron bo‘ldim. Bu vaqtda men pardoz qilib, ishga borishga tayyorlanayotgan edim. Men har doim buni orzu qilganman: mana shunga o‘xshash nimanidir yutib olishni. Va mana, orzum kutilmaganda amalga oshdi. «Ipak Yo‘li» – sizga gap yo‘q, siz bilan orzular ro‘yobga chiqadi!

Shirin Vohidovaning holatiga guvoh bo‘lganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida shunday xursand bo‘lishdiki, xuddi Shirin emas, zalda o‘tirgan har bir odam «Ipak Yo‘li» va VISA xalqaro kompaniyasidan mashina yutib olgandek.  

O‘quvchilarimizga VISA xalqaro kartasini «Ipak Yo‘li» AITBning istalgan ofisida bepul, shuningdek, Ipak Yo‘li Mobile'dan bepul yetkazib berish xizmati bilan ochish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Ma'lumot uchun. «Ipak Yo‘li» Aksionerlik Innovatsion Tijorat Banki o‘z faoliyatini 1990 yildan buyon amalga oshiradi. 2013 yilda Osiyo taraqqiyoti banki Bank aksioneriga aylandi. 2020 yilda Germaniya Taraqqiyot Moliya Instituti (DEG) hamda Triodos Investment Management «Ipak Yo‘li» AITB aksionerlik kapitaliga $25 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan. «Ipak Yo‘li» mintaqaviy tarmog‘i 17 ta filialni o‘z ichiga olgan: 8 ta Toshkent shahrida va 9 ta mamlakat mintaqalarida. Filiallar qoshida 4 ta minibank va 24 ta maxsus kassa faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. «Ipak yo‘li» AITB butun O‘zbekiston bo‘ylab 300 ta bankomat o‘rnatgan va 24 mingdan ortiq terminalni ishga tushirgan.

Reklama huquqi asosida

Top