Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda Yevropadan tibbiy qurilmalar sotib olishni uddalay olmagan amaldor qatl etildi
Kim Chen In shifoxonaga Yevropadan eng zamonaviy tibbiy qurilmalar keltirilishini istagan. Ammo qurilmalar sotib olinishiga mas'ul bo‘lgan tashqi ishlar vazirligi amaldori tibbiy qurilmalarni Xitoydan sotib olishga qaror qilgan.
Shimoliy Koreyada Yevropadan tibbiy qurilmalar xarid qilinishini ta'minlay olmagan tashqi ishlar vazirligi xodimi qatl etildi, deb xabar berdi Daily Mail.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan yil martida KXDR yetakchisi Pxenyanda shifoxona qurilishini boshlagan. Shifoxona kuzda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan, ammo bu haligacha amalga oshmagan.
Daily NK gazetasining yozishicha, Kim Chen In shifoxonaga Yevropadan eng zamonaviy tibbiy qurilmalar keltirilishini istagan. Ammo qurilmalar sotib olinishiga mas'ul bo‘lgan tashqi ishlar vazirligi amaldori tibbiy qurilmalarni Xitoydan sotib olishga qaror qilgan. Yetkazib berish ishlarini aprel oxiridan boshlash rejalashtirilgan. Bu Kich Chen Inning qahriga sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bolaligi Shveytsariyada o‘tgan Kim Chen In Yevropa mahsulotlari yuqori sifatga ega, deb hisoblaydi. Shu bois partiya shifoxonaga keltiriladigan qurilmalar uchun katta pul ajratgan, biroq Yevropadan tibbiy jihozlar olib kelishning imkoni bo‘lmagan. Bunga pandemiya va sanksiyalar sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, Xitoydan qurilma sotib olish emas, balki shartnoma uning xabarisiz va ma'qullovisiz tuzilgani Kim Chen Inning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan. Natijada tashqi ishlar vazirligining 50 yoshli xodimi qatl etilgan. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026