Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlaridan 51 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, nizo oqibatida Qirg‘iziston tomondan 166 kishi jarohatlangan, 33 kishi vafot etgan.
Foto: turmush.kg
Tojikiston bilan chegaradosh hududlardan Qirg‘izistonning 51 mingdan ortiq fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Botken oblasti ma'muriyati matbuot kotibi Cho‘lpon Berdiqulova ma'lum qildi.
"Ayni vaqtda evakuatsiya qilingan fuqarolar soni 51 381 nafarni tashkil etmoqda, bular asosan bolalar, ayollar va keksalar", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam oshishi mumkin.
"Bunga uylarini o‘zlari mustaqil ravishda tark etganlar qo‘shilmagan. Ular tog‘larga chiqib ketgan, ayrimlar butun oilasi bilan mamlakat ichkarisiga ko‘chgan", dedi Berdiqulova.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, nizo oqibatida Qirg‘iziston tomondan 166 kishi jarohatlangan, 33 kishi vafot etgan.
Tojikiston tomondan esa o‘nga yaqin kishi vafot etgani, 90dan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda.
29 aprel kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026