Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» - «Liverpul» o‘yini muxlislarning stadionga bostirib kirishi va ommaviy norozilik namoyishlari tufayli qoldirildi
Angliya Premer-ligasi 34-turi doirasidagi markaziy uchrashuv - «Manchester Yunayted» - «Liverpul» o‘yini noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda APL rasmiy sayti rasman ma'lum qildi.
Manchesterdagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanishi lozim edi. Biroq ko‘p yillardan buyon «MYu»ning amerikalik egalari – Gleyzerlar oilasidan klubni sotib yuborishni talab qilayotgan manchesterlik ishqibozlar «Liverpul»ga qarshi o‘yindan uch soat avval «Old Trafford» o‘yingohi atrofida ommaviy namoyish o‘tkazgan bo‘lishsa, uchrashuvdan ikki soat avval ommaviy tarzda stadion ichiga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada qariyb bir soat davomida o‘yingoh maydoni, telekameralarga zarar yetkazilib, stadionning ichki qismida ham tartibsizlik kuzatildi.
Natijada o‘yin o‘z vaqti – soat 20:30da boshlanmasligi ma'lum qilindi. Ungacha stadion ichidagi norozilik namoyishchilari politsiya tomonidan o‘yingohdan chiqarilgan, arena atrofidagi muxlislar tarqatilgan bo‘lsa-da, uchrashuv rasmiylari o‘yin vaqtini belgilashmadi.
Sababi stadion ichida muxlislar kirganidan keyin o‘yingohda keng ko‘lamli dezinfeksiya ishlari olib borilishi, maydon holati yaxshilanishi bilan birga klub avtobuslari kelishi uchun xavfsiz koridor ham yaratilishi lozim edi. Shunga qaramay, bu paytda «jamoamiz qachon o‘ynashini biz hal qilamiz», deya birlashgan mahalliy muxlislar klublar avtobusini «Louri» mehmonxonasidan qo‘zg‘alishga yo‘l qo‘yishmadi. Bu paytda esa ikki klub ham tarkibini e'lon qilib bo‘lgan va uchrashuv eng kechi Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanishi mumkinligi aytilgandi.
Oxir-oqibat o‘yin boshlanishi lozim bo‘lgan vaqtdan bir soat o‘tib, APL «MYu» - «Liverpul» uchrashuvi qoldirilganini rasman e'lon qildi. Uchrashuvning sanasi bo‘yicha rasmiy ma'lumot hali e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, Sky Spors bahs katta ehtimol bilan ertaga, dushanba kuni o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» Superligada ishtirok etishi haqida e'lon qilgach, klub muxlislarining Gleyzerlar oilasiga nisbatan nafrati qaytadan qo‘zg‘agan va klub loyihadan chiqqanidan keyin yanada avj olgandi.
Ma'lumot uchun, «MYu» 67 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Liverpul» 54 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.
Mavzuga oid
15:54 / 08.11.2025
«MYu» «Tottenhem»ga qarshi, Italiyada derbi, «Barselona»da yana qiyin safar. Kun o‘yinlari anonsi
11:18 / 06.01.2025
«MYu» uyg‘ondi va «Liverpul»ga kurash taklif qildi
15:54 / 15.01.2024
«MYu» hujumchilari gol ura boshladi, Ispaniyada peshqadam ochko yo‘qotdi. Yevropada kun o‘yinlari
15:36 / 08.05.2023