Jahon | 12:16 / 03.05.2021
4181
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Moskvadagi elchixonasi viza berishni to‘xtatadi

AQShning Moskvadagi elchixonasi 12 maydan boshlab diplomatik vizalardan tashqari immigratsion vizalarni berishni to‘xtatadi.

AQShning Moskvadagi elchixonasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 12 maydan boshlab diplomatik vizalardan tashqari immigratsion vizalarni berish to‘xtatiladi.

«12 maydan boshlab AQShning Moskvadagi elchixonasi ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlarining sonini qisqartiradi, faqat AQSh fuqarolari uchun favqulodda xizmatlar va ularning muddati tugagan taqdirda immigratsion vizalarning cheklangan soni taqdim qilinadi», deyilgan elchixona xabarida.

Ushbu qaror AQSh fuqarolarini yollashga taqiq qo‘yilishi munosabati bilan qabul qilingan bo‘lib, bu haqda 23 aprelda Rossiya Federatsiyasi hukumati Amerika tomoniga xabar bergan.

Elchixonalarda ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlari AQSh fuqarolari uchun favqulodda xizmatlar va juda cheklangan miqdordagi immigratsion vizalarni berish darajasigacha qisqartiriladi.

Shuningdek, elchixona Rossiyada qolgan AQSh fuqarolariga, agar Rossiya vizasining muddati tugasa, 15 iyunga qadar mamlakatdan chiqib ketishni tavsiya qilmoqda.

O‘tgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini elchixonalarda ishlashga jalb qilishga cheklangan «do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar» ro‘yxatini yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Putinning farmoniga binoan, elchixonalarda rasmiylar tomonidan belgilangan chegaradan oshib ketganlar ishdan bo‘shatilishi kerak.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu ro‘yxatga AQSh ham kiritilishi haqida ogohlantirgan. Natijada Amerika elchixonasi o‘z xodimlarini 75 foizga qisqartirishga majbur bo‘lgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh elchixonasining immigratsion bo‘lmagan vizalarni rasmiylashtirmaslik to‘g‘risidagi qarori deyarli hech narsani o‘zgartirmasligini aytib, ularni olishdagi qiyinchiliklarning asosiy sababi Qo‘shma Shtatlarning do‘stona bo‘lmagan harakatlari ekanini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid