O‘zbekiston | 09:50 / 03.05.2021
7037
1 daqiqa o‘qiladi
Chiroqchida qiz bolani kaltaklagan yigitga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiroqchi tumani hokimligi yonida bir qiz kaltaklangan»i haqida videolavha tarqalgandi.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, voqea 2021 yil 24 aprel kuni soat 22:00larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshoxbekatda sodir bo‘lgan. Unda fuqaro T.N.ni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib tan jarohati yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar bo‘yicha 2021 yil 2 may kuni Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1- qismi(Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
18:52 / 02.08.2024
Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
17:12 / 02.08.2024
Chiroqchi tumani hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi
14:53 / 08.01.2024
Xorazmda obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
08:18 / 31.12.2023