O‘zbekiston | 13:56 / 03.05.2021
11038
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta issiq ob-havo bilan boshlanadi, so‘ng harorat pasayadi - «O‘zgidromet»

Foto: KUN.UZ

Bugun respublika hududi bo‘yicha harorat 30-35 daraja issiq, janubda 37-38 daraja issiq bo‘lgan asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

Ertaga osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi. 5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 6 mayda respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

4-6 mayda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Juma kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechasi 12-17 daraja iliqni, kunduzi 25-30 daraja issiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid