Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada bolalar bog‘chasiga hujumda 3 bola va 2 tarbiyachi halok bo‘ldi
Braziliyaning Saudadis munitsipalitetida (Santa-Katarina shtati) bolalar bog‘chasiga hujum qilinishi oqibatida 2 tarbiyachi va 3 bola halok bo‘ldi.
Folha de S.Paulo nashri ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyaga hujum haqida birinchi xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida tusha boshlagan. Hujumni machete bilan qurollangan 18 yoshli o‘smir sodir etgan. U voqea joyidan qochishga urinish vaqtida mahalliy aholi tomonidan ushlangan. O‘smir qo‘lga olinish vaqtida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Hujum vaqtida 1,5 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga mo‘ljallangan bog‘chada 30ga yaqin tarbiyalanuvchi bo‘lgan. Bog‘cha xodimlarining xatti-harakatlari tufayli ko‘proq qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslikka muvaffaq bo‘lingan. Ular bolalar bilan birga xonalarda qulflanib olishgan.
O‘smirning bunday xatti-harakatlarni sodir etishi sabablari noma'lumligicha qolmoqda.
Voqea munosabati bilan shtatda 3 kunlik motam e'lon qilingan.
Avvalroq shunday hujum Xitoyda sodir etilgandi. Guansi-Chjuan muxtor rayonidagi bolalar bog‘chasiga pichoq bilan qurollangan erkak hujum qilishi oqibatida 16 nafar bola va 2 tarbiyachi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
10:40 / 14.06.2026