O‘zbekiston | 10:10 / 04.05.2021
23798
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Ikki bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni 3400dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 300dan ortiq yangi kasallanish holati qayd etilib, yana ikki bemor koronavirus qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 3 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92320 (+314) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 39 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 11 nafari Xorazm viloyatida,
- 32 nafari Toshkent viloyatida,
- 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
- Buxoro viloyatida 8 nafar,
- Jizzax viloyatida 7 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 14 nafar,
- Samarqand viloyatida 51 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
- Xorazm viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 51 nafar,
- Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88258 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 655 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022