Lukashenko 80 nafardan ortiq sobiq harbiyni unvonidan mahrum qildi
Qayd etilishicha, ular davlat xizmatchilari, jurnalistlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga oid ma'lumotlarni tarqatgan, xizmat guvohnomalarini tashlab yuborgan, pogonlarini yulib tashlagan va xizmat majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko turli kuch ishlatish tuzilmalarining 80 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlarini harbiy va maxsus unvonlaridan mahrum qildi. Bu haqdagi tegishli farmon Belarus prezidenti saytida joylashtirildi.
Xabarda aytilishicha, ayrim harbiy xizmatchi va kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari «mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashgan davrda jamiyatda norozilik kayfiyatini uyg‘otgan, ruxsat berilmagan norozilik aksiyalarida ishtirok etgan hamda tarmoqqa ekstremistik va zo‘ravonlik harakatlariga chorlovchi materiallar joylashtirgan».
Bundan tashqari, ular davlat xizmatchilari, jurnalistlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga oid ma'lumotlarni tarqatgan, xizmat guvohnomalarini tashlab yuborgan, pogonlarini yulib tashlagan va xizmat majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan.
«Bunday harakatlar harbiy xizmatchi va kuch ishlatish tuzilmasi xodimi maqomiga munosib emas», — deb hisoblagan Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
17:53 / 07.07.2021
Litva migrantlarni to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor quradi
13:35 / 06.07.2021
Babariko 2020 yilgi saylovlarda Lukashenkoning asosiy raqibi sifatida ko‘rilgandi. Endi u 14 yilga qamaldi
17:37 / 03.07.2021
Belarus Ukraina bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
22:55 / 02.07.2021