Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Botken oblasti rahbari iste'foga chiqarildi
Qirg‘iziston hukumatining Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatidagi vakili Omurbek Suvanaliyev iste'foga chiqarildi. Ushbu oblastda bir necha kun avval Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi.
Kabar nashrining ma'lum qilishicha, Suvanaliyev boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.
Bu orada 24.kg portalining xabar berishicha, Suvanaliyev o‘z lavozimidan bosh vazir Ulug‘bek Maripov buyrug‘i bilan olingan. «Bugun menga bosh vazir Ulug‘bek Maripov qo‘ng‘iroq qilib, o‘z lavozimimdan ozod qilinganimni aytdi. Men bu haqdagi buyruqni hali ko‘rmadim, biroq menga qo‘ng‘iroqning o‘zi yetarli. Ertaga oilam bilan O‘shga ketaman. Ma'lum vaqt u yerda bo‘lgach, keyin Bishkekka kelaman», deb aytgan Suvanaliyev.
Suvanaliyev o‘z lavozimini 2020 yil oktyabrdan beri egallab kelayotgandi. Bungacha u Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
28 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yashovchi aholi o‘rtasidagi mojaro 29 aprel kuni ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketgandi.
1 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026