Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda alimentdan qarz bo‘lgan ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddat uchun 43 million so‘m to‘ladi
Samarqand viloyati Payariq tumanida alimentdan qarz bo‘lgan ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab, sobiq turmush o‘rtog‘iga 43 million so‘m to‘lagan. Bu haqda MIB Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro M.S.dan undiruvchi D.S.ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu holat bo‘yicha MIB Payariq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro M.S. anchadan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan. Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhimligini inobatga olgan holda MIB xodimlari tomonidan qarzdor M.S. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.
Bunday tushuntirishdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta'minotini o‘ylab, ular voyaga yetguniga qadar hisoblab, aliment puli bo‘lgan 43 mln. 188 ming so‘m pulni to‘lab bergan.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026