Samarqand viloyati Jomboy tumanida ota bir nafar farzandining alimenti uçun 200 million söm tölab bergan. Bu haqda MIB Bulunğur tumani xabar bermoqda.

Fuqarolik işlari böyiça Jomboy tumanlararo sudi qarori bilan fuqaro X.B.dan undiruvçi D.N. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uçun daromadining törtdan bir qismi miqdorida aliment undirib boriş belgilangan. Ammo fuqaro X.B. ançadan beri aliment tölovlarini tölamasdan kelgan.

Mazkur holat böyiça Majburiy ijro byurosi Bulunğur tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan. Bölim xodimlari qarzdor X.B. bilan tuşuntiriş işlari ötkazgan.

Bundan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandi ta'minoti uçun, u voyaga yetguniga qadar bölgan muddat uçun hisoblangan 200 million sömni tölab bergan.

Qayd etilişiça, mazkur sud hujjati undiruvçining arizasi bilan qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.