Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 tashqi ishlar vazirlari Rossiyani Ukraina bilan chegaradagi barcha qo‘shinlarini olib ketishga chaqirdi
Shuningdek, vazirlar «Rossiya va u qo‘llab-quvvatlayotgan harbiy tuzilmalarni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya qilish»ga chaqirgan.
Rossiya Ukraina bilan chegarada joylashtirilgan barcha qo‘shinlarini olib ketishi lozim, deb bayonot berdi «Yettilik guruhi» (G7) mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari.
«Moskva o‘z kuchlarini to‘liq olib ketishi va keskinlikni pasaytirish choralarini ko‘rishi juda muhim», — deyiladi unda.
Bundan tashqari, vazirlar «Rossiya va u qo‘llab-quvvatlayotgan harbiy tuzilmalarni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya qilish»ga chaqirgan.
Bayonotda aytilishicha, G7 mamlakatlari mintaqaviy va global inqirozlarni hal qilishda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko‘ra, vazirlar Xitoy va Rossiya mavzusini muhokama qilishga bir yarim soatdan, Myanma, Liviya, Suriya va Afg‘oniston masalasiga yarim soatdan vaqt sarflagan.
G7 guruhi Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQShdan tashkil topgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026