Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati mamlakatning Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma'qulladi
AQSh 2020 yil noyabrda shartnomadan chiqib ketgandi. O‘shanda davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika shartnomadan chiqish evaziga yanada himoyalangan mamlakatga aylanishini aytgandi.
Rossiya hukumati mamlakatning Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma'qulladi.
«1992 yil 24 martda Xelsinki shahrida imzolangan Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomani denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi taklif ma'qullansin va davlat dumasiga kiritish uchun Rossiya prezidentiga taqdim etilsin», — deyiladi bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan qarorda.
AQSh 2020 yil noyabrda shartnomadan chiqib ketgandi. O‘shanda davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika shartnomadan chiqish evaziga yanada himoyalangan mamlakatga aylanishini aytgandi.
Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma 1992 yilda 27 davlat — Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti a'zolari tomonidan imzolangandi. Bugungi kunda 33 davlat ushbu shartnoma a'zosi hisoblanadi.
Shartnoma mamlakatlarga bir-birlarining hududlari ustidan kuzatuv parvozlarini amalga oshirish hamda foto va videosuratlar olish imkonini beradi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026