Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlanadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari 2021 yil 1 avgustdan boshlab ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar;
- yoshidan qat'i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a'zolari.
Ularga davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi. Nafaqa puli nafaqa yetkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.
Nafaqalar tayinlash tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
Quyidagilar davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
- murojaat qiluvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilishi;
- so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tasdiqlashning rad etilishi.
Mavzuga oid
16:25 / 29.06.2026
1 iyuldan xususiy kompaniyalarda ham kasallik nafaqasi davlat tomonidan to‘lab beriladi
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026