Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida pandemiya to‘g‘risida yolg‘on xabar tarqatganlar yirik miqdorda jarimaga tortiladi
O‘zgalarga qasddan koronavirus yuqtirganlar 133 ming dollargacha jarimaga tortiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonida o‘zgalarga qasddan koronavirus yuqtirganlik uchun 133 ming dollargacha jarima jazosi joriy etildi.
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligining xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi to‘g‘risida mish-mish va yolg‘on xabar tarqatganlik uchun 266 ming dollargacha jarima belgilandi. O‘zgalarga qasddan koronavirus yuqtirganlar 133 ming dollargacha jarimaga tortiladi. BAAda bu qilmish uchun 27 ming dollargacha jarima solinadi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan sutkada BAAda 1,7 mingta yangi holat aniqlangan. Kasallik yuqtirganlar soni 530,9 mingdan oshgan, 1,6 ming kishi vafot etgan.
Saudiya Arabistonida bir sutkada mingta yangi holat qayd etilgan, koronavirus yuqtirganlar soni 423,4 mingga yetgan, 7 ming bemor vafot etgan.
Yakshanba kuni Saudiya Arabistoni 17 maydan chegaralarni ochishi va o‘z fuqarolarining boshqa davlatlarga safarlariga cheklovlarni bekor qilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
07:09 / 02.06.2026