O‘zbekiston | 10:09 / 08.05.2021
24320
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 3,6 mingdan oshgan

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 400ga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 7 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93978 (+381) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 80 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 7 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 70 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 56 nafar,
  • Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89703(+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid