O‘zbekiston | 14:57 / 08.05.2021
29693
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga nam va biroz salqin havo oqimi kirib keladi

Foto: KUN.UZ

8-10 mayda O‘zbekiston hududiga Eron hududidan Kaspiy dengizi orqali siklon kiradi, so‘ng Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va biroz salqin havo massalari kirib keladi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 8 mayda kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 9 mayda O‘zbekiston hududining ba'zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

9-10 mayda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, sel kelishi xavfi mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid